Ombor va marketpleys savdosi — bitta tizimda
JOP.UZ — O'zbekistonda marketpleyslarda sotadigan kompaniyalar uchun ish tizimi. Ombor qoldig'i, buyurtmalar, FBS aktlari, tannarx, pul va foyda bitta joyda yuritiladi. Ombor xodimi telefondagi skaner ilovasida ishlaydi, rahbar esa brauzerda ko'radi.
Tizim hozir O'zbekistondagi 900 m² ombor va besh marketpleys kabinetida har kuni ishlaydi. Endi boshqa sotuvchilarga ham ochiq.
Nimalarni qiladi
Ombor qoldig'i
Qabul, joylash, ko'chirish, chiqim va sanoq — har harakat partiyaga bog'lanadi. Qoldiq hisobda emas, harakatlar jurnalida yashaydi: har raqamning kelib chiqishi ko'rinadi.
Marketpleys buyurtmalari
Uzum, Wildberries, Yandex Market, Ozon va Stok.uz kabinetlari ulanadi. Buyurtmalar, kartochkalar va qoldiqlar bitta ro'yxatda — har do'konga alohida kirib o'tirilmaydi.
FBS — topshirish aktlari
Tovar bizning omborda bo'lgan sxema: buyurtmalarni yig'ish, yorliq chiqarish, aktga kiritish va topshirish. Muddati o'tayotgan topshirmalar alohida ko'rsatiladi.
Tannarx va foyda
FIFO tannarx partiyalardan hisoblanadi, komissiya va yetkazish xarajati buyurtmadan olinadi. Natija — tovar, do'kon va kun kesimida haqiqiy foyda.
Pul va sverka
Platforma hisobotlari yuklanadi va bizning buyurtmalar bilan solishtiriladi. Farq chiqsa — qaysi buyurtmada ekani ko'rinadi, izlab o'tirilmaydi.
Mobil skaner
Android va iOS ilovasi ombor xodimi uchun: shtrix-kod, qabul, yig'ish, sanoq va topshirish. Internet uzilsa amallar navbatda saqlanadi va aloqa tiklanganda o'zi yuboriladi.
Kimlar uchun
- Marketpleys sotuvchilari. Bir nechta kabinet va do'konda sotadigan, qoldiqni qo'lda jadvalda yuritishdan charchagan kompaniyalar.
- O'z ombori bor sotuvchilar. FBS sxemasida ishlaydigan, yig'ish va topshirishni tartibga solmoqchi bo'lganlar.
- Ombor jamoasi. Har xodim faqat o'ziga biriktirilgan ombor va do'konni ko'radi; har amal kim va qachon qilgani jurnalda qoladi.
- Rahbar va buxgalter. Sverka, tannarx, foyda va xarajatlar — taxmin emas, hujjatdan chiqqan raqamlar.
Mobil ilova — «JOP.UZ Skaner»
Ilova tizimning ombor qismi: shtrix-kod o'qish, qabul, yig'ish, sanoq, FBS topshirish va buyurtma yorlig'i. U mustaqil ishlamaydi — kompaniyaning JOP.UZ hisobiga ulanadi. Ilovada ochiq ro'yxatdan o'tish yo'q: xodim hisobini kompaniya ma'muri yaratadi, chunki har xodimga ombor, do'kon va ruxsatlar biriktiriladi.
Ilova ichida to'lov yo'q va hech narsa sotilmaydi: xizmat kompaniya bilan tuzilgan shartnoma bo'yicha to'lanadi.
Narx
Narx so'rov bo'yicha — har kompaniya uchun alohida hisoblanadi: do'kon va marketpleys kabinetlari soni, ombor hajmi, xodimlar soni va ko'chirib o'tkaziladigan ma'lumotga qarab. Shuning uchun sahifada tayyor tarif ro'yxati yo'q.
Ishga tushirish bizning ishtirokimizda bo'ladi: kabinetlarni ulaymiz, tovar va qoldiqni ko'chiramiz, xodimlarni o'rgatamiz. So'rov qoldiring — bir ish kuni ichida bog'lanamiz va aniq narxni aytamiz.
Bog'lanish
Qaysi usul qulay bo'lsa — shuni tanlang. Yonidagi formani to'ldirsangiz o'zimiz qo'ng'iroq qilamiz.
- Telefon: +998 91 219 19 79
- Telegram: +998 91 219 19 79
- Pochta: info@jop.uz
- Dushanba–shanba, 09:00–19:00 (Toshkent, UTC+5)
So'rov qoldirish
Bir ish kuni ichida javob beramiz.