Yordam · Поддержка

JOP.UZ Skaner — JOP.UZ ombor va marketpleys tizimining mobil qismi (Android va iOS). Ilovadan tizimga ulangan kompaniyalarning ombor xodimlari foydalanadi. Mahsulot haqida to'liq ma'lumot va hisob ochish — jop.uz.

Bog'lanish

  • Elektron pochta: info@jop.uz
  • Telefon va Telegram: +998 91 219 19 79
  • Ish vaqti: dushanba–shanba, 09:00–19:00 (Toshkent vaqti, UTC+5)
  • Javob muddati: bir ish kuni ichida

Ilovaga kirish

Ilovada ochiq ro'yxatdan o'tish yo'q: har xodimga ombor, do'kon va ruxsatlar biriktiriladi, shuning uchun hisobni kompaniya ma'muri yaratadi. Kirish ma'lumotlarini o'sha ma'murdan oling; parolni unutsangiz — u qayta tiklab beradi.

Kompaniyangiz hali JOP.UZ dan foydalanmayotgan bo'lsa, tizimga ulanish uchun so'rov qoldiring yoki +998 91 219 19 79 raqamiga qo'ng'iroq qiling.

Ko'p beriladigan savollar

  • Shtrix-kod o'qilmayapti. Kameraga ruxsat berilganini tekshiring. Ruxsatsiz ham ishlash mumkin: kodni qo'lda kiriting.
  • Internet yo'q. Amallar telefonda navbatda saqlanadi va aloqa tiklanganda serverga o'zi yuboriladi. Navbatni ilovadagi «Navbat» ekranida ko'rasiz.
  • Ma'lumot ko'rinmayapti. Har xodim faqat o'ziga biriktirilgan ombor va do'konni ko'radi. Ruxsatni ma'mur beradi.
  • Hisobni o'chirish. Hisob ish beruvchiga tegishli. O'chirish uchun ma'murga yoki info@jop.uz ga yozing.

Maxfiylik

Ilova qanday ma'lumot to'plashi maxfiylik siyosatida yozilgan. Kamera faqat shtrix-kodni o'qiydi, rasm saqlanmaydi.


По-русски

JOP.UZ Сканер — мобильная часть системы JOP.UZ для склада и торговли на маркетплейсах. Приложением пользуются сотрудники склада компаний, подключённых к системе. Открытой регистрации нет: учётную запись сотрудника создаёт администратор компании, поскольку каждому сотруднику назначаются склад, магазин и права. О продукте и подключении — jop.uz.

Поддержка: info@jop.uz, телефон и Telegram +998 91 219 19 79. Пн–сб, 09:00–19:00 (Ташкент, UTC+5), ответ в течение одного рабочего дня.

Камера используется только для распознавания штрихкодов — фото и видео не сохраняются и не передаются. Подробности в политике конфиденциальности.